07:41 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
999 0 0

Xitoyda oʻtkazilgan tadqiqot koʻznoynak taqib yurish koronavirus yuqtirib olish xavfini 5 baravarga kamaytirishi mumkinligini koʻrsatgan.

TOSHKENT, 1 noya — Sputnik. Xitoylik olimlarning tadqiqotlari koʻznoynak taqib yurish koronavirus yuqtirib olish xavfini 5 baravarga kamaytirishi mumkinligini koʻrsatdi. Bu haqda biologiya fanlar doktori, Novosibirsk davlat universiteti professori Sergey Nesetov maʼlum qildi.

“Xitoyda koʻzoynak taqib yuruvchilar COVID-19 ni 5 baravar kamroq yuqtirib olishini koʻrsatgan tadqiqot oʻtkazilgan edi. Xitoyda bu yaqqol namoyon boʻlmoqda, chunki u yerda kontakt linzalar kam taqiladi, lekin 80 foizdan koʻproq kishi koʻzoynak taqadi”, - dedi mutaxassis. Uning soʻzlaridan “Rossiyskaya gazeta” nashri iqtibos keltirgan.

Netesov koronavirus bemorlari orasida faqat 10 foizi koʻzoynak taqqanlar boʻlganini qayd etdi. Uning soʻzlariga koʻra, koronavirus yuqtirib olishning asosiy yoʻllari burun va koʻzning shilliq pardalaridir. Shuning uchun koʻzoynakdan tashqari niqob taqib yurish ham muhimdir.

“Hid bilish qobiliyatining yoʻqolishi birinchi navbatda kasallanish burun orqali roʻy berganidan darak beradi. Bu esa COVID-19 ning eng keng tarqalgan belgilaridan biridir”, - dedi u.

Shuningdek, mutaxassis soʻnggi tadqiqotlarga koʻra koronavirus terida 12 soatgacha yashashi mumkinligini taʼkidladi. Shu bois qoʻllarni tez-tez yuvib turish ham muhim ehtiyot chorasi sanaladi.

Sentyabr oyida xitoylik mutaxasislarning koʻzoynak kishilarga koʻzini qoʻli bilan ushlashga imkon bermasligi, shu boisdan koronavirus bilan kasallanish xavfi kamayishi haqidagi xulosalari eʼlon qilingan edi.

Asosiy mavzular