01:01 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
157 0 0

Tojikistonda tahsil olayotgan oʻzbekistonlik talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berildi. Mamlakatga kuniga 50 nafargacha talaba Sariosiyo bojxona chegara posti orqali kirishi mumkin.

TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Tojikistonda tahsil olayotgan talabalarning mamlakatga kirishiga ruxsat berildi. Bu haqda Sariosiyo tumani hokimligi axborot xizmati xabar berdi.

“Bugun Tojikiston hukumati kunlik 50 nafargacha hujjatlari taqdim etilgan talabalarning Sariosiyo bojxona chegara posti orqali kirishiga ruxsat berilishini maʼlum qildi”, - deyilgan xabarda.

Taʼkidlanishicha, hozircha boshqa chegara postlaridan qancha talabalar kirishiga ruxsat berilgani haqidagi maʼlumotlar mavjud emas.

Hokimlik talabalar Tojikistonga kirish uchun fuqarolik pasporti nusxasi, talabalik guvohnomasi hamda soʻngi 72 soatda koronavirus infektsiyasi aniqlanmaganligi toʻgʻrisida test tahlili natijasini bojxona posti masʼullariga koʻrsatishlari talab qilinishini eslatgan.

Eslatib oʻtamiz, Tojikistonda koronavirus pandemiyasi tarqalishini oldini olish maqsadida chegaralarni yopgan edi. Kuni kecha Oʻzbekiston va Tojikiston rasmiylari Dushanbe va Toshkent oʻrtasidagi aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasini muhokama qilgan edi. Parvozlar qachon tiklanishi hozircha nomaʼlumligicha qolmoqda.

Asosiy mavzular