00:50 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)
190 0 0

Tun davomida yana 72 kishida koronavirus aniqlandi. Yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi. Qurbonlar soni 575 nafarga yetdi.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Oʻtgan tun davomida Oʻzbekistonda yana 72 kishida koronavirus aniqlandi. Jami bemorlar soni 67 698 nafarga yetdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar qilmoqda.

Yangi kasallanganlarning 2 nafari Qoraqalpogʻiston Respublikasida, 10 nafari Andijon viloyatida, 6 nafari Jizzax viloyatida, 5 nafari Qashqadaryo viloyatida, 3 nafari Navoiy viloyatida, 5 nafari Samarqand viloyatida, 12 nafari Sirdaryo viloyatida, 5 nafari Surxondaryo viloyatida, 5 nafari Fargʻona viloyatida, 19 nafari Toshkent shahrida koronavirus bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi uchun namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Qurbonlar soni 575 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar 64 885 nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (96 foiz) sogʻaygan. Hozirda mamlakatda 2 238 nafar bemor davolanmoqda.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1295)

Asosiy mavzular