19:12 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
31910

IES ishlayotganda tabiiy gazning yillik tejamkorligi 2,0 milliard kub metrni, elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 10,0 milliard kilovatt soatni tashkil qiladi.

TOSHKENT, 4 noya — Sputnik. Xitoyning China Gezhouba Group Corporation (CGGC) kompaniyasi Sirdaryo viloyatida quvvati 1500 MVt boʻlgan yangi issiqlik elektr stantsiyasining (IES) qurilishini boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, hozir qurilish maydonchasida obʼyektni qurish uchun yer maydonini tayyorlash ishlari boshlandi. IES ishlayotganda tabiiy gazning yillik tejamkorligi 2,0 milliard kub metrni, elektr energiyasi ishlab chiqarish esa 10,0 milliard kilovatt soatni tashkil qiladi.

Nachalos stroitelstvo novoy TES v Sыrdarinskoy oblasti

Elektr stantsiyasi Sirdaryo viloyatining Boyovut tumani va Shirin shahrida joylashadi.

Loyiha Yaponiyaning MHPS kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan boʻlib, foydali ish koeffitsiyenti 60 foizdan yuqori boʻlgan eng zamonaviy kombinatsiyalangan tsikllardan foydalanishni nazarda tutadi.

Asosiy mavzular