16:19 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
43910

Prezident qishloq vrachlik puntklariga ishga kirgan shifokorlarga 30 million soʻmdan kompensatsiya toʻlash masalasini muhokama qildi.

TOSHKENT, 7 noya - Sputnik. Qishloq vrachlik punktlarida vrachlar yetishmaslik muammosi 6 noyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida boʻlib oʻtgan videoselektor yigʻilishida muhokama qilindi.

Maʼlum boʻlishicha, bugungi kunda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarda 20 mingdan ziyod vrachlik shatlari mavjud, lekin u yerda hozir 12 ming shifokor ishlamoqda. Sababi - bugungi kunda umumiy amaliyot shifokori kasbi tibbiyot oliygohlari bitiruvchilari uchun jozibador emas. Shuningdek ushbu massasalarda shifokorlarni ragʻbatlantirish, malakasini oshirishga eʼtibor yoʻq.

Shu bois Prezident shifokorlarga munosib sharoitlar yaratish orqali ularni eng quyi boʻgʻin – qishloq vrachlik punkti va oilaviy poliklinikalarga jalb qilish zarurligini taʼkidladi.

Buning uchun chekka hududlardagi birlamchi boʻgʻin tibbiyot tizimi uchun “Qishloq shifokori” dasturi joriy qilinadi. Bu dasturga muvofiq chekka hududlardagi birlamchi boʻgʻinga ishga kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million soʻm miqdorida bir martalik pul mablagʻi beriladi, ular xizmat uyi bilan taʼminlanadi yoki ijara toʻlovi kompensatsiya qilinadi.

Shifokorlarga boʻlgan ehtiyojlarni mahallalar kesimida aniqlab, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarida kvotani oshirish, ipoteka asosida qurilayotgan uy-joylarni avvalo birlamchi boʻgʻin shifokorlari uchun ajratish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Aholi ehtiyojidan kelib chiqib, kelgusi yilda 100 ta qishloq vrachlik punkti va 24 ta oilaviy poliklinika tashkil etilishi belgilandi.

Asosiy mavzular