15:07 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
20811

Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi va N.F.Gamaleya epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusiga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi toʻgʻrisida maʼlumot berish kampaniyasini yoʻlga qoʻydi.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya jamgʻarmasi va N.F. Gamaleya nomidagi epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi ijtimoiy tarmoqlarda  koronavirusiga qarshi Rossiyaning “Sputnik V” vaktsinasi toʻgʻrisida maʼlumot berish kampaniyasini boshlaydi, deb xabar qildi RIA Novosti fondning xabariga asosan.

Kampaniyada #SputnikV xeshtegi qoʻyiladi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda #SputnikV vaktsinasi kanallari foydalanuvchilarga turli mamlakatlarda klinik sinovlar, ishlab chiqarish va aholini emlash jarayonlari toʻgʻrisida maʼlumot beriladi. Gamaleya olimlari vaktsina yaratilishi va foydalanilgan texnologiyalar haqida soʻzlab berishadi.  #SputnikV  emlangan odamlar shaxsiy tajribalari haqida aytib berishadi", - dedi jamgʻarma vakili.

Koʻrsatilgan xeshtegga ega kanallar vaktsina yangiliklari, vaktsinalar soni va ishlab chiqarish maʼlumotlarini eʼlon qilish uchun asosiy platformaga aylanadi.

Shuningdek, Twitter, Facebook, Instagram, Youtube orqali emlash bilan bogʻliq yirik tadbirlar va yetakchi mutaxassislarning intervyulari efirga uzatiladi.

Avgust oyida Rossiya Sogʻliqni saqlash vazirligi Gamaleya markazi tomonidan yaratilgan va Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiya fondi bilan birgalikda ishlab chiqarilgan COVID-19ning oldini olish uchun dunyodagi birinchi vaktsinani roʻyxatdan oʻtkazdi. Unga "Sputnik V" nomi berilgan. Preparat uch hafta oraligʻida ikkita komponentni kiritishni oʻz ichiga oladi.

Asosiy mavzular