19:18 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)
510 0 0

Sutka davomida 149 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 68 223 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 9 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 149 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 68 879 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 77 nafari Toshkent shahrida, 9 nafari Toshkent viloyatida, 5 nafari Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 136 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 66 107 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 186 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 586 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Yangi rahbar

Qurbanov Murad Ismailovich Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri etib tayinlandi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 50,4 milliondan oshdi, sal kam 1,3 million kishi vafot etdi, 33,0 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (9,9 mln), Hindistonda (8,6 mln), Braziliyada (5,7 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1287)

Asosiy mavzular