15:38 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
413 0 0

Sutka davomida 150 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 69 095 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 10 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 150 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 69 095 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 66 nafari Toshkent shahrida, 2 nafari Andijon viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Bugunning oʻzida 141 nafar bemor tuzaldi. Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 66 335 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 172 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 2 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 588 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

SHHTga takliflar

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 noyabr kuni Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining videoanjuman shaklida oʻtadigan majlisida ishtirok etdi. 

Unda Shavkat Mirziyoyev pandemiya sharoitida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarini rivojlantirishga yangi, shu jumladan “nostandart” yondashuvlarni birgalikda ishlab chiqishni taklif etdi. Shuningdek, oʻzaro kelishilgan oʻquv dasturlari asosida aholini oʻqitish, soha mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan SHHTning raqamli savodxonlikni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish taklif etildi.

Oʻzbekiston tajribasi

Germaniyada “COVID-19 davrida mehnat migrantlarini himoya qilish: Oʻzbekiston tajribasi” nomli maqola chop etildi. "BUSINESS & DIPLOMACY" nashri tomonidan chop etilgan maqolada Oʻzbekiston prezidenti rahbarligida ish oʻrinlarini saqlab qolish va Oʻzbekiston mehnat bozoriga koronavirus pandemiyasining salbiy taʼsirini yumshatishga qaratilgan amalga oshirilgan keng miqyosdagi ishlar xususida soʻz yuritiladi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 50,9 milliondan oshdi, 1,2 million ortiq kishi vafot etdi, 33,3 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (10,1 mln), Hindistonda (8,6 mln), Braziliyada (5,7 mln).

Asosiy mavzular