15:54 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
13620

Respublika bosh vaziri Abdulla Aripov Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining navbatdagi VIII-yigʻilishida ishtirok etdi.

TOSHKENT, 11 noya — Sputnik. Respublika bosh vaziri Abdulla Aripov Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining navbatdagi VIII-quriltoyida ishtirok etdi, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev birinchi marta yigʻilish ishtirokchilariga murojaatnoma yoʻlladi. Bosh vazir tabrik soʻzini oʻqib eshittirdi.

Davlat rahbari federatsiya faoliyatini yuqori baholadi, 11 noyabrni mamlakat kasaba uyushmalari xodimlari kuni deb eʼlon qilishni va Kasaba uyushmalari akademiyasini tashkil etishni taklif qildi.

Koronavirus pandemiyasi tarqalishi davrida mamlakat kasaba uyushmalari turli sohalarda 5,5 milliondan ortiq ishchilarning mehnat xavfsizligini taʼminlash va mehnat huquqlarini himoya qilish boʻyicha tizimli ishlarni olib bordi.

2016 yilda Kollektiv shartnomasi tadbirlarini amalga oshirishga har bir ishchiga oʻrtacha sarflangan mablagʻ 1 million 539 ming soʻmni tashkil etgan boʻlsa, 2019 yil oxiriga kelib u 5 million 100 ming soʻmgacha koʻtarildi.

2020 yil boshida Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi huzurida tashkil etilgan Xotin-qizlar masalalari boʻyicha respublika ishchi guruhi ayollarning muammolari oʻrganish uchun hududlarga tashrif buyurdi.

Dasturi boʻyicha olib borilgan ishlar natijasida 122 753 ayol ish bilan taʼminlandi, 4413 nafar muhtoj ayollarga 28 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.

Asosiy mavzular