06:51 28 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
268 0 0

Shavkat Mirziyoyevning tegishli qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi.

TOSHKENT, 12 noya — Sputnik. Prezident qarori bilan Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumani hokimligi tashkil etildi.

Yangihayot tumaniga oʻtkazilgan hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning pochta manzili ulardan ariza yoki maʼlumot talab qilmagan holda toʻgʻridan-toʻgʻri elektron tizim orqali bepul oʻzgartiriladi.

Yangihayot tumani Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining 2020 yil sentyabrdagi tegishli qarorlari asosida tashkil etilgan.

Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Sergeli tumanida barpo etilgan yangi turar joy mavzesi hududida poytaxt hokimligiga toʻgʻridan-toʻgʻri boʻysunadigan alohida Yangihayot kichik tumanini tashkil etish taklifini bildirgan edi.

Asosiy mavzular