14:25 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
46810

Xalqaro olimlar guruhi koronavirus tarkibida uning koʻpayishiga sabab boʻluvchi yashirin gen borligini aniqlashdi.

TOSHKENT, 13 noya - Sputnik. Xalqaro olimlar guruhi SARS-CoV-2 virusi tarkibida yashirin gen borligini aniqlashdi, deb xabar qilmoqda Xaytek+. Yangi gen tafsilotlari Tayvan Milliy akademiyasi olimi Cheyz Nelson eʼlon qilgan ilmiy maqolada keltirilgan. 

Yangi genga olimlar ORF3d deb nom berishdi va ularning xulosasiga koʻra aynan ushbu gen COVID-19 pandemiyasiga sabab boʻlgan.

ORF3d genining asosiy xavfi shundaki, u zararlangan kishilarda kuchli immunitet javobi uygʻotadi va ushbu jarayonda oqsillarni kodlashi mumkin (yaʼni oʻzi ham koʻpayishi mumkin), lekin inson tanasidagi viruslarga qarshi kurashuvchi T-hujayralar ORF3d genini taniy olmaydi. Aynan shu sababli ushbu patogen keng tarqalib ketgan, degan xulosaga keldi olimlar.

SARS-CoV-2 virusning RNKsida jami 15ta gen bor. Ular orasida yashirin gen borligini aniqlash har doim ham oson kechmaydi, chunki ayrim genlar bir vaqtning oʻzida boshqa gen boʻlagi boʻlishi va oʻzining alohida vazifasini bajarishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Rossiya Fanlar Akademiyasining Translyatsion tibbiyot izlanishlar federal markazi (FITS FTM) olimlari koronavirus evolyutsiyasi bosqichlarini toʻliq oʻrganib chiqishlarini xabar qilishgan edi. Ushbu bilimlar kelajakda biologik modellar yaratib yangi preparatlarni sinovdan oʻtkazish imkonini beradi. Buning uchun olimlar koronavirus genomini toʻliq oʻrganib chiqishlari kerak boʻladi.

Asosiy mavzular