16:18 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1296)
649 0 0

Oʻzbekistonda yana 64 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 102 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 15 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

15 noyabr coat 20:00 ga qadar 79 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 181 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 4 nafari Samarqand viloyatida, 2 nafari Toshkent viloyatida, 73 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

131 nafar koronavirusga chaligan fuqarolar tuzaldi va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizga yetdi.

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 67 446 nafarga yetdi. 

Ayni paytda 2 137 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Kun davomida koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 598 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 53,9 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq  kishi vafot etdi, 34,7 million kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (10,9 mln), Hindistonda (8,8 mln), Braziliyada (5,8 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1296)

Asosiy mavzular