16:25 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
292 0 0

Oʻzbekistonda joriy etilayotgan yangi professional taʼlim tizimi tizim 3 toifaga boʻlindi: kasb-hunar maktablari, idoraviy kollejlar va texnikumlar.

TOSHKENT, 16 noya - Sputnik. Bugun Oʻzbekistonda amal qilayotgan yangi professional taʼlim tizimi oldingi oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlim tizimidan nimasi bilan farq qiladi?

Ushbu savolga bugun AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri oʻrinbosari Murodilla Xolmuhamedov javob berdi. 

— Birinchi, asosiy farqi: oldin bir qolipda ishlaydigan kasblarning murakkabligi, u yerda shakllanadigan amaliy koʻnikmalar hajmi, masʼuliyati bilan bogʻliq boʻlmagan holda, 3 yillik standartda ishlaydigan oʻrta-maxsus kasb-hunar taʼlim diplomi beradigan kasb-hunar kollejlari mavjud edi. Bugun esa yangicha uslubdagi professional taʼlim tizimi joriy etilmoqda, - deydi Xolmuhamedov. 

Yangi tizim 3 toifaga boʻlindi:

  1. Kasb-hunar maktablari - bu maktabning yuqori sinfida birlamchi kasbiy tayyorgarlikdan oʻtadigan, boshlangʻich professional taʼlim dasturlari asosida faoliyat koʻrsatadigan kasb-hunar maktablaridir. Ularning soni 339 ta etib belgilandi. Bu yil ularga birinchi marta qabul amalga oshirildi. Hozir kasb-hunar maktablarida oʻquv-jarayoni davom etmoqda.
  2. Idoraviy kollejlar - vazirlik, idora va yirik ish beruvchilarga taqsimlab berildiki, oʻzlarining loyihalarini hayotga tatbiq qilish, ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish koʻlamini kengaytirishda mazkur kollejlar orqali yangi yaratilgan ish oʻrinlariga maqsadli ravishda mutaxassis tayyorlaydi.
  3. Texnikumlar tarmogʻi - yangi texnikumlarda oliy taʼlim dasturlari bilan uygʻunlashtirilgan holda, bakalavrning toʻrtdan bir qismida shakllanadigan bilim, malaka, koʻnikmalari texnikumlarning oʻquv reja va oʻquv dasturiga singdirildi. Texnikumni yaxshi oʻzlashtirgan oʻquvchilarga taʼlim maskanini bitirganidan keyin imtihonsiz bakalavriatning 2-kursidan oʻqishni davom ettirish imkoniyati berildi. Bunday imtiyoz oldingi texnikumlarda boʻlmagan.

Maʼlumot uchun, bugungi kunda Oʻzbekistonda 26 ta vazirlik va idora tizimida 201 ta kollej mavjud. Belgilangan kvotaga koʻra, 81 325 nafar abituriyent kollejlarga qabul qilinishi kerak. Shundan 12 762 nafari davlat granti asosida, qolgan qismi toʻlov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Undan tashqari 62ta OTMlar huzurida 185ta texnikum faoliyati yoʻlga qoʻyilgan. 

 

 

 

Asosiy mavzular