16:40 04 Dekabr 2020
Efir
  • RUB137.48
  • EUR12473.23
  • USD10427.38
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1296)
494 0 0

Oʻzbekistonda yana 56 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 299 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 16 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

15 noyabr coat 13:00 ga qadar 56 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 70 299 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Andijon viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 2 nafar, Surxondaryo viloyatida 2 nafar, Qashqadaryo viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida 10 nafar, Xorazm viloyatida 3 nafar, Toshkent viloyatida 7 nafar, Toshkent shahrida 22 nafar, koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 67 526 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 175 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Koronavirusga chalingan 1 nafar bemor vafot etdi.

Oʻzbekistonda jami 598 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Gumanitar yordam

Oʻzbekiston rahbariyatining farmoyishiga asosan yuborilgan navbatdagi gumanitar yuk Qirgʻiziston poytaxtiga yetib keldi. Tibbiy yuk tarkibida - himoya kiyimlari va koʻzoynaklari, bir martali ishlatiladigan niqob va qoʻlqoplar, dori vositalari, COVID-19’ni aniqlash testlari, shpritslar va kapelnitsa.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 54,4 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 34,9 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (11,0 mln), Hindistonda (8,8 mln), Braziliyada (5,9 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1296)

Asosiy mavzular