Toshkentda mijozlarga intim xizmat ko‘rsatayotgan transvestit shaxslar ushlandi

© Sputnik / Vladimir PesnyaSotrudnik pravooxranitelnix organov
Sotrudnik pravooxranitelnix organov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Surishtiruv harakatlari davomida transvestit shaxslar SPIDga chalinganligi aniqlangan. Ular boshqa shaxslar bilan jinsiy aloqa qilgan taqdirda Jinoyat kodeksining 113-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida tilxat olinib, ogohlantirilganligi aniqlangan.

TOShKENT, 18 noya - Sputnik. O‘zbekiston IIV JQBB xodimlari tomonidan OIVga chalingan, intim xizmatlar ko‘rsatayotgan bir guruh shaxslar qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda "Zarafshon" nashri.

Kak berech sebya ot SPIDa - Sputnik O‘zbekiston
OITS - zamon vabosi

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu shaxslar turli laqab bilan internet tarmog‘iga o‘zining telefon raqamini joylashtirib, moddiy manfaatdorlik evaziga jinsiy aloqa bilan shug‘ullanib kelishgan.

Shunday ma’lumot asosida IIV JQBB va Toshkent shahar Shayxontohur tumani IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, Shayxontohur tumanidagi xonadonlardan biri tekshirilganda 25 yoshli bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, OIV infeksiyasiga chalingan, vaqtincha ishsiz, viloyatlardan birida doimiy ro‘yxatda turuvchi Sh.O. 31 yoshli, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz S.U.ni mijozga 1.000.000 so‘m evaziga ikki marotaba jinsiy aloqa qilishlari uchun qo‘shib, ularga ushbu xonadonning alohida xonasidan joy ajratib, sharoit yaratib berganligi aniqlandi. Sh.O.dan xolislar ishtirokida pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.

Panorama goroda Budapeshta - Sputnik O‘zbekiston
Vengriya o‘zining bosh qonunida jins va nikoh tushunchasiga aniqlik kiritmoqchi

Bundan tashqari, ushbu xonadonda ma’lum miqdordagi pul evaziga mijozlarga intim xizmat ko‘rsatayotgan 3 nafar "transvestit" shaxslar – 23 yoshli bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, OIV infeksiyasiga chalingan, vaqtincha ishsiz B.D., 28 yoshli bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, OIV infeksiyasiga chalingan, vaqtincha ishsiz Z.N., 26 yoshli bo‘ydoq, muqaddam sudlanmagan, vaqtincha ishsiz G.F.lar ushlangan.

Olib borilgan surishtiruv harakatlari davomida yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar muqaddam SPIDga qarshi kurash markazlarida infeksiya bilan kasallanganligi va ular boshqa shaxslar bilan jinsiy aloqa qilgan taqdirda Jinoyat kodeksining 113-moddasi bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilishi haqida tilxat olinib, ogohlantirilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, ushbu shaxslar Toshkent shahrining turli tumanlaridagi xonadonlarni ijaraga olib, u yerda ham internet orqali mijozlar qabul qilib, ularga intim xizmat ko‘rsatganliklari ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan yuqorida nomlari qayd etilgan shaxslarga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun Shayxontohur tumani IIO FMB 2-sonli IIBga topshirildi.

Yangiliklar lentasi
0