22:22 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
38610

Prezident farmoyishiga asosan Buxoro, Navoiy, Samarqand va Xorazm viloyatlari bojxona boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi.

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining farmoyishiga binoan bir qator hududiy bojxona boshqarmalarida tayinlovlar amalga oshirildi, deb xabar qildi DBQ matbuot xizmati.

Bojxona xizmati podpolkovnigi Qutlimuratov Bahodir Abdullayevich Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar B.Qutlimuratov Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi lavozimida xizmat olib borgan.

Bojxona xizmati polkovnigi Yusupov Doniyor Tavakkaljonovich Navoiy viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar D.Yusupov Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi lavozimida xizmat olib borgan.

Bojxona xizmati polkovnigi Mirzaraximov Yakub Xakimovich Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar YA.Mirzaraximov Davlat bojxona qoʻmitasi Bojxona instituti boshligʻining moliya-iqtisod va xoʻjalik ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimida xizmat olib borgan.

Bojxona xizmati polkovnigi Kazakov Ilxombek Bazarbayevich Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar I.Kazakov Qoraqalpogʻiston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari  lavozimida xizmat olib borgan.

Asosiy mavzular