18:48 30 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1288)
58110

Oʻzbekistonda yana 76 kishida koronavirus aniqlandi, respublika boʻylab koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 71 147 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 20 noya — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

20 noyabr coat 13:00 ga qadar 63 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 71 147 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3 nafar, Andijon viloyatida 3 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, Fargʻona viloyatida 8 nafar, Toshkent viloyatida 26 nafar, Toshkent shahrida 32 nafar, koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 68 327 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 96 foiz.

Ayni paytda 2 218 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 602 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 56,9 milliondan oshdi, 1,3 milliondan ortiq kishi vafot etdi, 36,5 milliondan ortiq kishi tuzaldi. Eng koʻp holatlar AQShda (11,7 mln), Hindistonda (9,0 mln), Braziliyada (6,0 mln).

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1288)
Teglar:
Oʻzbekiston, koronavirus

Asosiy mavzular