22:44 27 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Jamiyat
Havola olish
280 0 0

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2152 nafar bemordan 223 nafari ogʻir, 59 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

TOSHKENT, 21 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda,  20 noyabr holatiga koʻra, koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 71 280 nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

Yangi kasallanish holatlari Respublikaning 9 ta hududida aniqlangan.

Shu bilan birga, kecha 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, jami koʻrsatkich 603 nafarga yetdi.

Kecha kun davomida: Qoraqalpogʻiston Respublikasida 3 nafar, Andijon viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 10 nafar, Jizzax viloyatida 5 nafar, Namangan viloyatida 9 nafar, Samarqand viloyatida 6 nafar, Fargʻona viloyatida 9 nafar, Toshkent viloyatida 46 nafar, Toshkent shahrida 105 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sogʻayganlar jami 68525 (+198) nafarga yetdi va sogʻayish koʻrsatkichi 96 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 2152 nafar bemordan 223 nafari ogʻir, 59 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Asosiy mavzular