TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Madaniyat vazirligida Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirovni "Hamdoʻstlik yulduzlari" davlatlararo mukofoti bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.

MDH davlatlaridagi fan, sanʼat, madaniyat sohalarida ulkan natijalarga erishgan insonlarga beriladigan ushbu nufuzli mukofotning taqdirlash marosimi pandemiya sababli onlayn shaklda oʻtkazildi. Marosimda MDH mamlkatlaridan mukofotlangan nomzodlar ishtirok etishdi.

"Hamdoʻstlik yulduzlari" davlatlararo mukofoti 2009 yilda MDHga aʼzo davlatlarning gumanitar hamkorlik boʻyicha kengashi va MDHga aʼzo davlatlarning gumanitar hamkorlik boʻyicha davlatlararo fondi tomonidan taʼsis etilgan. Ushbu mukofot xalqaro darajada yutuqlarga erishgan, amalga oshirgan ishlari jahon mamlakatlarining rivojiga hissa qoʻshgan shaxslarga beriladi.
