08:15 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
98410

Yuqori malaka toifadagi endokrinolog Yelena Gubkina kartoshkani pishirish va isteʼmol qilish usullari yuzasidan fikrlarini bildirdi.

TOSHKENT, 2 dek — Sputnik. Yuqori malaka toifadagi endokrinolog Yelena Gubkina kartoshkani pishirish va isteʼmol qilish usullari yuzasidan fikrlarini bildirdi. RIA Novosti xabariga asosan.

Uning soʻzlariga koʻra, kartoshkani poʻchogʻi bilan isteʼmol qilmaslik kerak, chunki unda tuproq va havodan zararli moddalar toʻplanadi.

"Shuningdek, kartoshkani juda yuqori haroratda pishirmaslik kerak", - deydi mutaxassis.

Bunda qovurilganidan soʻng sabzavot yogʻ va toksinlar bilan toʻyinadi, tozalangan kartoshkani qaynatish yoki bugʻda pishirish yaxshiroq, chunki bu holda sabzavot maksimal miqdorda ozuqa moddalari - kaliy, natriy, B6 vitaminini beradi.

Shifokor sogʻliqqa zarar boʻlmasligi uchun 200-300 gramm kartoshkani haftasiga 2 marta isteʼmol qilishni tavsiya qildi.

Asosiy mavzular