10:23 19 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
105 0 0

Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish, insonparvarlik, bagʻrikenglik hamda hamjihatlilikni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.

TOSHKENT, 6 dek — Sputnik. Oʻzbekiston volontyorlari assotsiatsiyasi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.

Assotsiatsiyaning asosiy maqsadi volontyorlik faoliyatini tashkil etishga qaratilgan fuqarolik tashabbuslarini rivojlantirish, insonparvarlik, bagʻrikenglik hamda hamjihatlilikni qoʻllab-quvvatlash hamda volontyorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

Bugungi kunda 80 dan ortiq mamlakatda yirik professional volontyorlik tashkilotlari mavjud boʻlib, koʻngillilar sektori jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim tarkibiy boʻlagini tashkil etadi.

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili “Volontyorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolangan edi. Qonunga muvofiq, volontyorlik faoliyati – jismoniy va (yoki) yuridik shaxslarning manfaatlarini koʻzlab bepul asosda amalga oshiriladigan, jamoat uchun foydali boʻlgan ixtiyoriy faoliyat hisoblanadi.

Kam taʼminlanganlarni, ishsizlarni, koʻp bolalilarni va boshqa shu kabi shaxslarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida yordam koʻrsatish volontyorlik faoliyatini amalga oshirish yoʻnalishlaridan biridir.

Asosiy mavzular