17:20 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
401 0 0

Hafta davomida havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi.

TOSHKENT, 7 dek — Sputnik. Bugun Oʻzbekistonda kunduzgi ob-havo sharoitini Ural ustida joylashgan kuchli sovuq antitsiklon periferiyasi belgilaydi. Bu haqda Oʻzgidromet xabar bermoqda.

Respublika hududlarining koʻp qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo saqlanib turadi. Faqat Surxondaryo viloyatida kechga tomon esa Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida biroz yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻlishi mumkin. Harorat foni meʼyoriy qiymatlardan 6-8 darajaga past boʻlishi saqlanib turadi va 0-5 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga 8 dekabrda mamlakat hududlarining baʼzi joylarida biroz qor yogʻadi, Qoraqalpogʻistonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.

9 dekabr kuni faqat Toshkent, Andijon, Namangan, Fargʻona viloyatlarida yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli saqlanib turadi. 10-11 dekabrda ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi.

Hafta davomida havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuq, kunduz kunlari 0-5 daraja iliq atrofida boʻladi. Shuningdek, bu kunlarning iqlimiy meʼyoridan 6-9 darajaga past boʻladi.

Asosiy mavzular