16:32 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
155 0 0

AQSH Oʻzbekistonni diniy erkinlik boʻyicha “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati”dan chiqardi. Bunga soʻnggi yillardagi islohotlar turtki bergan.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Oʻzbekiston AQShning diniy erkinlik boʻyicha “Maxsus kuzatuvdagi davlatlar roʻyxati” (Special Watch List)dan chiqarildi.

AQSH davlat kotibi Maykl Pompeo bayonotida taʼkidlanishicha, soʻnggi yillardagi islohotlar AQSH hukumatining bunday xulosaga kelishiga turtki bergan.

“Soʻnggi bir yil ichida hukumatlari erishgan muhim, aniq yutuqlarga asoslanib, Sudan va Oʻzbekiston maxsus kuzatuv roʻyxatidan chiqarilganligini eʼlon qilishdan mamnunman. Ularning qonunlari va amaliyotdagi jasoratli islohotlari boshqalar uchun oʻrnakdir”, - deyiladi Pompeoning bayonotida.

Tojikiston va Turkmaniston esa alohida tashvishga sabab boʻlayotgan davlatlar qatoriga kiritilgan.

Avvalroq Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha AQSH komissiyasi Oʻzbekistonni “alohida xavotirga molik davlatlar” roʻyxatidan chiqargan edi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida soʻzlagan nutqida mamlakatda diniy erkinlik borasida ham vaziyat keskin yaxshilangani, millatlararo totuvlik va dinlararo bagʻrikenglikni yanada mustahkamlash mamlakat uchun doimiy muhim vazifa ekanini taʼkidlagan edi.

Teglar:
diniy erkinlik, AQSH, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular