10:32 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
236 0 0

Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar vatanga qaytarildi.

TOSHKENT, 8 dek — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bevosita nazorati ostida “Mehr” operatsiyasining navbatdagi bosqichi amalga oshirildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Suriyaning jangovar harakatlari olib borilayotgan hududlaridan 25 nafar ayollar va 73 nafar bolalar Vatanga qaytarildi.

“Bu insonlar endilikda barcha qulayliklarga ega boʻlgan sogʻlomlashtirish muassasalariga joylashtirilib, issiq ovqat va kiyim kechak bilan taʼminlanadi. Mutaxassislar tomonidan tibbiy va psixologik yordamlar koʻrsatiladi”, - deyilgan xabarda.

Shuningdek, ularning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish boʻyicha ham tegishli ishlar amalga oshiriladi. Taʼkidlanishicha, kelgusida esa ularning tinch hayotga qaytib, jamiyatga toʻlaqonli ijtimoiy moslashuvi uchun zarur shart-sharoitlar yaratiladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston rasmiy delegatsiyasi Suriyadagi lagerlarga tashrif buyurgani va u yerda saqlanayotgan Oʻzbekiston fuqarolari bilan ularni Vatanga qaytarish masalasini hal qilish uchun uchrashuvlar oʻtkazgani xabar qilingan edi.

Ilgari "Mehr-1" va "Mehr-2" insonparvarlik operatsiyalari amalga oshirilgan edi. 2019 yilda ushbu operatsiyalar doirasida Suriya va Iroqdan 220 nafar oʻzbek ayollari va bolalari Oʻzbekistonga olib kelingan.

Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya kuni munosabati bilan xalqqa yoʻllagan tabrigida yolgʻon vaʼdalarga aldanib, mamlakatdan chiqib ketgan va qurolli mojarolar boʻlayotgan Yaqin Sharq mintaqasida ogʻir kunlarni boshidan oʻtkazayotgan fuqarolar, asosan ayollar va bolalarni mamlakatga qaytarib olib kelish boʻyicha insonparvarlik tadbirlari davom ettirilayotganini maʼlum qilgan edi.

Teglar:
"Mehr" operatsiyasi, Suriya, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular