06:29 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
182 0 0

Oʻzbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochildi. Ochilish marosimida soʻzga chiqqan Toshkent shahar hokimi, Oʻzbekiston yoga federatsiyasi raisi Jahongir Ortiqxoʻjayev ushbu yangi bino bilan barchani, ayniqsa, yoga bilan shugʻullanib kelayotganlarni tabrikladi.

TOSHKENT, 9 dek — Sputnik. Toshkentda Oʻzbekiston yoga federatsiyasi bosh ofisi ochildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Tantanali ochilish marosimida Adliya, Tashqi ishlar, Sogʻliqni saqlash, Jismoniy tarbiya va sport vazirliklari, shuningdek, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasi, Hindistonning Oʻzbekistondagi elchixonasi va Toshkentdagi Hindiston madaniyat markazi vakillari ishtirok etdilar.

“Tadbirning ochilish marosimida soʻzga chiqqan Toshkent shahar hokimi, Oʻzbekiston yoga federatsiyasi raisi Jahongir Ortiqxoʻjayev ushbu yangi bino bilan barchani, ayniqsa, yoga bilan shugʻullanib kelayotganlarni tabrikladi”, - deyilgan xabarda.

Ortiqxoʻjayev hozirda yogani aholi orasida keng targʻib qilish boʻyicha qilinayotgan ishlarga toʻxtalib oʻtdi. “2020-2024 yillarda Yoga federatsiyasini rivojlantirish dasturi” tasdiqlangani hamda uning ijrosi yuzasidan tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilganligini maʼlum qildi.

Teglar:
Toshkent, yoga, Jahongir Ortiqxoʻjayev

Asosiy mavzular