16:35 26 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
104 0 0

Filialning taʼlim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi. Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.

TOSHKENT, 15 dek — Sputnik. Jizzax shahrida N.I. Pirogov nomidagi Rossiya milliy ilmiy tekshirish tibbiyot universiteti federal davlat avtonom oliy taʼlim muassasasi filiali va filial klinikasi tashkil etiladi. Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasining tegishli qaror loyihasi muhokamaga qoʻyilgan.

Filial va filial klinikasi faoliyatining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

  • respublikaning sogʻliqni saqlash sohasi tarmoqlaridagi muhim tibbiy-kasbiy va tibbiy-texnologik vazifalarni hal etishga qodir boʻlgan yuqori malakali tibbiyot kadrlarni tizimli-uzluksiz xalqaro taʼlim standartlariga muvofiq tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • davolash ishi, pediatriya ishi, stomatologiya, farmatsiya va tibbiyotning boshqa sohalarida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar olib borish;
  • sogʻliqni saqlash sohasida tibbiyot kadrlari tayyorlash tizimini takomillashtirish va modernizatsiya qilishga yoʻnaltirilgan yangi taʼlim dasturlari hamda oʻqitish shakllarini ishlab chiqish va tatbiq etish;
  • tibbiy taʼlim, ilm-fan va ishlab chiqarishning yaqin integratsiyalashuvi uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • ilmiy-pedagogik salohiyatning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash, pedagogik texnologiyalar va oʻqitish usullarini faol takomillashtirish;
  • klinikada, klinik, oʻquv va oʻquv-amaliyot bazalarida talabalar amaliy koʻnikmalarini samarali oʻzlashtirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
  • tibbiy taʼlim hamda ilmiy-texnikaviy sohalarda xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va biznes hamjamiyati bilan uzoq muddatli munosabatlarni rivojlantirish va mustahkamlash.

Filial tibbiyot kadrlariga boʻlgan ehtiyojni hisobga olgan holda oʻqitishning SSV bilan kelishilgan asosiy bakalavriat yoʻnalishlari (magistratura va klinik ordinatura (rezidentura) mutaxassisliklari) boʻyicha barcha darajalardagi mutaxassislarni, shu jumladan, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni amalga oshiradi.

Filialda oʻqitish rus tilida, Rossiya taʼlim standartlariga muvofiq Oʻzbekiston SSV bilan kelishilgan holda bosh muassasa tomonidan tasdiqlangan oʻquv rejalari va dasturlarga muvofiq toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Filialning taʼlim faoliyati 2022/2023 oʻquv yilidan boshlanadi. Bitiruvchilarga Oʻzbekistonda oliy maʼlumot toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan universitet diplomi beriladi.

Teglar:
OTM, Rossiya, Jizzax

Asosiy mavzular