16:52 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
131 0 0

Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan yigʻilishda tabiiy gaz va koʻmir taʼminotida noqonuniy xarakatlarga yoʻl qoʻyilayotgani koʻrsatib oʻtildi.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtgan videoselektor yigʻilishida qishga tayyorgarlikda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni hal etish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash masalalari tanqidiy tahlil qilindi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Xususan, tabiiy gaz va koʻmir taʼminotida noqonuniy xarakatlarga yoʻl qoʻyilayotgani koʻrsatib oʻtildi.

Misol uchun, Muborakda gʻisht ishlab chiqarish zavodi yer ostidan oʻtgan gaz quvuriga noqonuniy ulanib, 4,3 million kub metr gazni talon-toroj qilgan. Bu 8 mingta xonadonning bir oylik gaz taʼminotidir.

Shuningdek, joriy yilda 74 ta tumandagi yirik gaz tarmoqlariga zamonaviy oʻlchagichlar oʻrnatilgani natijasida 2 mingdan ziyod ulgurji isteʼmolchilar tomonidan 7 million kub metr tabiiy gaz noqonuniy oʻzlashtirilgani aniqlangan.

Shulardan kelib chiqib, energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish taklifi bildirildi

“Bu yil qishni qanday oʻtkazamiz? Bugun hamma rahbarlar shu savolga javob berishi kerak. Haqiqatan ham, muammolar juda koʻp. Ularni faqat mahallabay kesimda chuqur oʻrganish va hal qilishgina natija beradi, – deya taʼkidladi Mirziyoyev.

Asosiy mavzular