TOSHKENT, 22 dek - Sputnik. Xonanda Jasur Umirov qamoqqa olindi. Bu haqida Samarqand viloyat prokuraturasi xabar qilmoqda.
"Jinoyat ishda toʻplangan dalillar asosida J.U.ga nisbatan 118-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayb eʼlon qilinib, sudning 21.12.2020 yildagi ajrimiga asosan unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi", - deyilgan xabarda.
Xabarda aytilishiga koʻra, xonandaga nisbatan qamoqqa olish chorasi ushbu jinoyat ishi yuzasidan jabrlanuvchi va uning advokatining jinoyat ishi olib borilishidan norozilik bildirganidan soʻng amalga oshirilgan. Jinoyat ishi tergovi viloyat prokurori R.Masharipov tomonidan alohida nazoratga olindi.
Eslatib oʻtamiz, xonanda Jasur Umirov voyaga yetmagan shaxsning nomusiga tegish jinoyatida ayblanmoqda.