TOSHKENT, 23 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi Odil Ahmedov Oʻzbekiston Milliy universiteti tashabbusi bilan futbol akademiyasini ochdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Anglashuv memorandumi imzolanishidan oldin soʻzga chiqqan sportchi u uchun akademiyani sifatli rivojlantirish juda muhimligini taʼkidladi.
“Kelajakda Oʻzbekiston terma jamoasi jahon chempionatiga chiqishini va uning tarkibida universitetimiz tarbiyalanuvchilari boʻlishini istayman. Bu har qanday puldan ham qimmat turadi. Asosiysi, biz qobiliyatli oʻyinchilarga diqqatni qaratmoqchimiz”, - dedi Ahmedov.

Sportchining soʻzlariga koʻra, akademiyaga tajribali chet ellik mutaxassislar taklif qilinadi. Bundan tashqari, yosh mutaxassislar boshqa mamlakatlarga borib tajriba orttirishlari mumkin.
Prezident mustaqillikning yigirma toʻqqiz yilligi arafasida Odil Ahmedovni “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan bilan taqdirlagan edi.
Eslatib oʻtamiz, ikki yil oldin Odil Ahmedov Namanganda ham futbol akademiyasini ochgan edi.