19:16 20 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
163 0 0

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga maʼlumotnoma cheklanmagan muddatga beriladi va ularni roʻyxatdan oʻtkazishda haq undirilmaydi.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Hukumat qarori bilan Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida faoliyatni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.

Oʻzini oʻzi band qiladigan shaxslar uchun faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari roʻyxatiga Nomoddiy madaniy meros obʼyektlarini (dorboz, askiya va lapar) asrash va ulardan foydalanish (madaniyat markazi tarkibida faoliyat yuritayotgan shaxslar bundan mustasno) faoliyat turi kiritildi.

Nizomga koʻra, oʻzini oʻzi band qilgan shaxs maxsus mobil ilova yoki soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yoxud davlat soliq xizmati organiga kelgan holda roʻyxatdan oʻtishi mumkin.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasi (registr) davlat soliq xizmati organlari tomonidan yaratiladi va parallel ravishda “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksida shakllantiriladigan jismoniy shaxsning shaxsiy ishga joylashishi tarixiga integratsiya qilinadi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan jismoniy shaxsning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishi talab etilmaydi.

Mazkur faoliyatni amalga oshirish natijasida olingan daromadlarga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi tatbiq etilmaydi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslarga maʼlumotnoma cheklanmagan muddatga beriladi va ularni roʻyxatdan oʻtkazishda haq undirilmaydi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari

Asosiy mavzular