12:23 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
65001

Sobiq sogʻliqni saqlash vaziri karantin endigina boshlanganida JSSTning oʻzida ham davolash boʻyicha isbotlangan hech qanday usul boʻlmaganini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 24 dek — Sputnik. Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, sobiq sogʻliqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov karantin endigina boshlanganida JSSTning oʻzida ham davolash boʻyicha isbotlangan hech qanday usul boʻlmaganini maʼlum qildi.

“JSST va uning Yevropa hududiy byurosiga murojaat qilganmiz. Prezidentimiz farmoyishga asosan mablagʻ ajratib bergan. Biz IVL, PTSR apparatlari va dori sotib olishimiz kerak. Ming afsus, oʻsha paytda JSSTda ham isbotlangan hech qanday usul yoʻq edi. Shundan kelib chiqib, qaysi dori birinchi paydo boʻlgan boʻlsa, AQSH prezidenti birinchi boʻlib gidroksixloroxinni maqtab chiqdi, shu zahoti buni sotib olish masalasi boshlandi”, - dedi u Xalqaro press-klubning “Pandemiyaga qarshi kurashda milliy tajriba” mavzuida navbatdagi sessiyasida.

Shodmonovning soʻzlariga koʻra, dunyoda samara beradigan dori ilmiy asosi yoʻq edi. Orqasidan favipiravir nafaqat sotib oligan va zaxira yaratildi, balki Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boshlandi.

“Orqasidan remdisivir, eng qimmatbaho dori. Ogʻir reanimatsiyadagi bemorlarni shu orqali saqlab qoldik”, - dedi sobiq SSV rahbari.

Teglar:
koronavirus, JSST, Oʻzbekiston yangiliklari, Alisher Shodmonov

Asosiy mavzular