22:27 15 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
37510

Yangi qonun bilan Yer kodeksiga ham mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan bir qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

TOSHKENT, 28 dek — Sputnik. “Mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, mulkdorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarining kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan 2 ta qonun va 1 ta kodeksga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

“Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida”gi qonunga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, endilikda viloyat, tuman, shahar hokimi qonunda nazarda tutilgan hollarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, dehqon xoʻjaliklari va fuqarolarga egalik qilish, foydalanish uchun va ijaraga yer berishga, ushbu subʼyektlarning yerga egalik qilish va undan foydalanishga boʻlgan huquqini bekor qilishga haqli ekanligi belgilandi (ilgari hokimlar bu subʼyektlarning yerga egalik qilish va yerdan foydalanish huquqini toʻxtatib qoʻyishga ham haqli boʻlgan).

Qonun bilan Yer kodeksiga ham mulkdorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlashga qaratilgan bir qator oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi. Xususan, kodeksdan Vazirlar Mahkamasining, viloyatlar, Toshkent shahar va tuman (shahar) davlat hokimiyati organlarining yer uchastkalariga boʻlgan mulk huquqini belgilangan tartibda bekor qilish hamda yerlarni olib qoʻyish bilan bogʻliq vakolatlari chiqarildi.

Shuningdek, ushbu kodeksga kiritilgan oʻzgartishga koʻra, yer uchastkasiga egalik qilish huquqini yoki yer uchastkasidan doimiy yoxud vaqtincha foydalanish huquqini tugatishning sud tartibida amalga oshirilishi holatlari belgilab qoʻyildi (ilgari yer uchastkasiga egalik qilish yoki yer uchastkasidan foydalanish huquqini tugatish barcha holatlarda hokimlarning qarorlari yoki Vazirlar Mahkamasining qarori bilan amalga oshirilgan).

Qonun bilan  “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonunga:

  • davlat organining mulkdorning mol-mulkini bevosita olib qoʻyishga qaratilmagan qarori, shu jumladan, yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qarori munosabati bilan mulk huquqining bekor qilinishi mulkdorning roziligi bilan qonunda belgilangan tartibda amalga oshirilishi;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining, viloyatlar va Toshkent shahar yoki tuman (shahar) hokimlarining olib qoʻyilayotgan yer uchastkasida joylashgan koʻchmas mulk obʼyektlarini buzib tashlash toʻgʻrisidagi qarori faqat adliya organlarining ijobiy xulosasi mavjud boʻlganda qabul qilinishi;
  • mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish natijalarining qayta koʻrib chiqilishiga hamda bekor qilinishiga yoʻl qoʻyilmasligiga oid qoidalar kiritildi.
Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, hokimlar

Asosiy mavzular