13:05 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
199 0 0

Kelgusi oʻquv yilida boshlangʻich sinflarda davlat taʼlim standarti oʻrniga, ilgʻor xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy oʻquv dasturi” joriy etiladi.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. Oʻzbekistonda kelgusi boshlangʻich sinflarda yangi oʻquv dasturi joriy etiladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev parlamentga yoʻllayotgan murojaatnomasida maʼlum qildi.

“Bu borada kelgusi oʻquv yilida boshlangʻich sinflarda davlat taʼlim standarti oʻrniga, ilgʻor xorijiy tajriba asosida, bolaga ortiqcha yuklama bermaydigan “Milliy oʻquv dasturi” joriy etiladi”, - dedi davlat rahbari.

Prezident umumtaʼlim maktablaridagi taʼlim sifati poytaxtda ham, olis qishloqlarda ham yuqori boʻlishi shartligini taʼkidladi.

Maʼlum qilinishicha, buning uchun chekka hududlarda maktablarni malakali kadrlar bilan taʼminlash, taʼlim sifatini yaxshilash boʻyicha alohida dastur amalga oshiriladi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari

Asosiy mavzular