18:15 24 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
421 0 0

29 dekabrdan Toshkentda YPX xodimlari sinov tariqasida yangi namunadagi zamonaviy, texnologik matodan tayyorlangan xizmat kiyimida faoliyat olib bormoqda.

TOSHKENT, 29 dek — Sputnik. 29 dekabrdan Toshkentda YPX xodimlari sinov tariqasida yangi namunadagi zamonaviy, texnologik matodan tayyorlangan xizmat kiyimida faoliyat olib boradi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar berdi.

Xizmat kiyimi yilning sovuq mavsumiga moʻljallangan boʻlib, yogʻingarchilikdan himoya qiluvchi materialdan tikilgan. Yorqin rang va yorugʻlik qaytaruvchi elementlari inspektorlarni kunning istalgan vaqtida koʻzga yaxshi tashlanishiga xizmat qiladi.

Shuningdek, YPX xodimlari fonar va hushtakka ega yangi jezllar bilan taʼminlangan. Sinov muvaffaqiyatli oʻtsa, yangi xizmat kiyimi bilan Oʻzbekistondagi barcha YPX xodimlari taʼminlanadi.

Eslatib oʻtamiz, 12 fevraldan boshlab Toshkent shahrida IIBB Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi YPX xodimlarining yangi formasi tajriba tariqasida sinovdan oʻtkazilayotgani xabar qilingan edi.

Teglar:
Oʻzbekiston yangiliklari, Yoʻl-patrul xizmati (YPX), Toshkent

Asosiy mavzular