TOSHKENT, 5 yanv - Sputnik. Avtoraqam onlayn auktsionida Samarqand viloyati hududiy kodiga doir avtoraqam uchun rekord miqyosidagi taklif evaziga sotildi.
Samarqand viloyati IIB YHXB RIB tomonidan boshlangʻich narxi 111 500 000 soʻm bilan savdoga chiqarilgan "30 Z 777 ZZ" avtoraqami uchun 4 yanvar kuni
596 525 000 soʻm miqdorida taklif evaziga sotilgani qayd etildi.
Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Samarqand viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan, ushbu avtoraqam "allaqachon sotilgani" haqidagi xabarlar yolgʻon ekanini va ushbu avtoraqam YHXB ixtiyorida ekanini tasdiqlovchi post qoldirgan edi.