11:42 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
50911

Ayni damda neft va gaz konlarida nosozlik sabab toʻxtatilgan barcha 14 ta gaz haydash agregatlari ishga tushirildi va ish rejimida ishlamoqda.

TOSHKENT, 5 yanv - Sputnik. Bugun soat 15:00 dan bir qator gaz toʻldirish shoxobchalari bir necha soatga ishini toʻxtatadi deb xabar qilmoqda Energetika vazirligi axborot xizmati.

"Zarur vaqtinchalik choralardan biri – avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH)ning soat 15.00 dan 05:00 gacha ishlashini cheklashdir. Ushbu vaqtinchalik chora magistral gaz quvurlarida barqaror gaz bosimi taʼminlanishi yoʻlga qoʻyilgunga qadar joriy etiladi, - deyilgan xabarda. 

Eslatib oʻtamiz, 4 yanvar kuni gaz konlarini elektr bilan taʼminlovchi stantsiyalarda sodir boʻlgan nosozlik oqibatida, “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”ning neft va gaz konlari bir necha soat davomida faoliyati toʻxtatilgan edi.

Ayni damda nosozlik sabab toʻxtatilgan barcha 14 ta gaz haydash agregatlari ishga tushirildi va ish rejimida ishlamoqda. Shu bilan birga 4 yanvar kuni yetkazib berilmagan hajmlar hamda 4-5 yanvar kunlari havo haroratining pasayishi tufayli gaz isteʼmolida oʻsish kuzatilayotgani tufayli, bir qator hududlarda mahalliy hokimliklar bilan kelishilgan holda, AGTKShlarga gaz yetkazib berishni cheklash chorasini qoʻllashga qaror qilgan. 

Energetiva vazirligi xabariga koʻra, gaz yetkazib berishda, Respublika aholi isteʼmolchilari va elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi “Issiqlik elektr stantsiyalari” AJ korxonalarini tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash birinchi darajali vazifa sifatida belgilangan.

Asosiy mavzular