06:55 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
211 0 0

Bir oy davomida muz maydonida “Dance Music Fest Winter”, “Iosis Fest”, “Tashkent Rap Festival” musiqiy festivallari, xokkey boʻyicha oʻsmirlar chempionati, muz ustida raqs shousi kabi tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

TOSHKENT, 5 yanv - Sputnik. 7 yanvar kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri oldidagi maydonda ochiq osmon ostidagi yaxmalak ishga tushiriladi, deb xabar qilmoqda Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi.

«Ochiq osmon ostidagi shahar muz maydoni» loyihasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Art Uz Promotion Agency” tomonidan poytaxt hokimligi qoʻllab-quvvatlashi ostida oʻtkazilmoqda. Maqsad – aholi orasida sogʻlom turmush tarzi hamda sportni keng targʻib qilish, - deyilgan xabarda.

Shahar markazidagi muz maydoni bir oy muddatga oʻrnatiladi. Bu vaqt mobaynida ochiq osmon ostidagi muz maydonida qator madaniy-koʻngilochar va sport tadbirlari oʻtkaziladi. Kontsert zonasida “Dance Music Fest Winter”, “Iosis Fest”, “Tashkent Rap Festival” musiqiy festivallari, shuningdek xokkey boʻyicha oʻsmirlar chempionati, muz ustida raqs shousi kabi tadbirlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

2021 yilning 7 yanvar kuni Shahar muz maydoni ochilishi doirasida Rossiya muz sporti yulduzi, figurali uchish boʻyicha Olimpiya chempioni Aleksey Yagudin oʻzining "Qish" dasturi bilan ishtirok etishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, ochiq osmon ostidagi muz maydoni ochilishida oʻzbek estradasi yulduzlarining kontserti tashkil etiladi. Bundan tashqari, tashkilotchilar tomonidan fudkort zona xizmati yoʻlga qoʻyilib, unda poytaxtimizning tez ovqatlanish, qandolatchilik va qahva brendlari faoliyat yuritadi. Maydon oldida changʻi va boshqa uchish aksessuarlari ijarasi punkti xizmati yoʻlga qoʻyiladi.

  • Katok pod otkrыtыm nebom organizuyut v Tashkente
    Katok pod otkrыtыm nebom organizuyut v Tashkente
    Uzbektourism.uz
  • V Tashkente otkroyetsya katok pod otkrыtыm nebom
    V Tashkente otkroyetsya katok pod otkrыtыm nebom
    Uzbektourism.uz
  • Katok pod otkrыtыm nebom organizuyut v Tashkente
    Katok pod otkrыtыm nebom organizuyut v Tashkente
    Uzbektourism.uz
1 / 3
Uzbektourism.uz
Katok pod otkrыtыm nebom organizuyut v Tashkente

Asosiy mavzular