11:46 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
1470 0 0

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 yanvar kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi.

TOSHKENT, 7 yanv — Sputnik. Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 8 yanvar kuni Toshkentda havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi.

Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-9, kunduzi 2-4 daraja sovuq boʻladi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, Ustyurtda kechasi 10-15, kunduzi 0-5 daraja sovuq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12 daraja sovuq, Navoiy viloyati shimolida 10-15, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.  

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq boʻladi.  

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 7-12, kunduzi 2-7 daraja sovuq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik boʻlmaydi. Baʼzi joylarda tuman tushishi mumkin. Qor koʻchishi xavfi bor. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 10-15, kunduzi 3-8 daraja sovuq boʻladi.

Asosiy mavzular