10:08 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
32111

Uzbekistan Airways joriy yilning mart oyida yana bir Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini xarid qiladi.

TOSHKENT, 8 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 28 dekabr kuni tasdiqlangan 2021-2023 yillarga moʻljallangan investitsiya dasturiga muvofiq, Uzbekistan Airways joriy yilning mart oyida yana bir Boeing 787-8 Dreamliner samolyotini xarid qiladi.

Samolyotni sotib olish uchun 141,7 million dollar ajratiladi, shundan 107,1 million dollar Xitoy Davlat taraqqiyot banki tomonidan ajratilgan kredit mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.

Taʼkidlash joizki, milliy aviakompaniya Dreamliner samolyotlarining tijoriy ekspluatatsiyasini 2016 yil sentyabr oyida boshlab, Markaziy Osiyodagi birinchi Boeing 787 mijoziga aylangan.

2018 yil yanvar oyida, Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasining samolyot parkida shu kabi ikkita samolyot boʻlganida, aviakompaniya 2021 yilga qadar yana toʻrtta Dreamliner samolyotini sotib olish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi.

2019 yil iyulda Oʻzbekistonning UzAirways aviakompaniyasi beshinchi Boeing-787 Dreamliner samolyotini foydalanishga kiritgani haqida xabar berilgan edi.

Teglar:
yangi yil, samolyot, Oʻzbekiston, aviaparvozlar

Asosiy mavzular