TOSHKENT, 11 yanv - Sputnik. Davlat Statistika qoʻmitasi 2020 yil davomida narxi eng koʻp oshgan oziq-ovqat mahsulotlar borasida maʼlumotlarni eʼlon qildi.
Narxlari eng koʻp oshgan mahsulotlar roʻyxatidan birinchi navbatda dukkaklilar oʻrin olgan. Xususan, grechka (+52,7%), loviya (+36,2%), noʻxat (+27,6%), mosh (+25,6%), bugʻdoy uni (+14,8%), guruch – 13,8 %.
Shuningdek, aholi tomonidan eng koʻp isteʼmol qilinadigan mahsulotlar - mol goʻshti (+ 21%), qoʻy goʻshti (+25%), baliq (+13,5%) va tovuq goʻshti (+3,9%) narxlari ham sezilarli darajada oshgan.
Eslatib oʻtamiz, 2019 yil yakunida narxi eng koʻp oshgan oziq-ovqat mahsuloti mosh, bugʻdoy uni va mol goʻshti boʻlgan edi. Yil yakunida mosh (+35%) va bugʻdoy uni narxi (+32%) hamda mol goʻshti (+26%)ga qimmatlagan edi.