03:29 27 Yanvar 2021
Efir
  • RUB139.72
  • EUR12798.46
  • USD10518.99
Jamiyat
Havola olish
1294 0 0

Sutka davomida 39 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 77 611 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 39 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 77 611 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 13 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Qashqadaryo viloyatida, 7 nafari Fargʻona viloyatida, 2 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Toshkent viloyatida, 12 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 76 067 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizga yetdi.

Ayni paytda  927 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 157 nafar bemor ogʻir, 31 nafari oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

Oʻzbekistonda jami 617 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

7ta davlat

Oʻzbekiston Buyuk Britaniya, Italiya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika Respublikasi davlatlari bilan xalqaro aviareyslarni toʻxtatib qoʻyish muddatini 1 fevralgacha uzaytirdi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 90,3 milliondan oshdi, 1,9 milliondan ortiq  kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (22,4 mln), Hindistonda (10,5 mln), Braziliyada (8,1 mln).

Teglar:
aviaparvozlar, Oʻzbekiston, vaktsina, koronavirus pandemiyasi

Asosiy mavzular