05:54 21 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
66510

Koʻrshapalaklar toʻplanadigan joylar COVID-19 kelib chiqishining eng katta manbai hisoblanadi - Marion Kupmans.

TOSHKENT, 11 yanv — Sputnik. Koʻrshapalaklar toʻplanadigan joylar COVID-19 kelib chiqishining eng katta manbai hisoblanadi, dedi Xitoyga safarga otlagan Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkilotining xalqaro ekspert guruhi Marion Kupmans.

"Albatta, virus qayerdan kelib chiqqanligi haqida versiyalar mavjud, ehtimol bu Koʻrshapalaklar yashaydigan joylar", - dedi Kupmans CGTNga bergan intervyusida.

Dushanba kuni XXR Sogʻliqni saqlash davlat qoʻmitasi BSST ekspertlari delegatsiyasi 14 yanvar kuni Xitoyga yetib borishini maʼlum qildi.

Ular yangi koronavirusning kelib chiqishini aniqlashadi. Guruhga Yaponiya, Qatar, AQSH, Germaniya, Vyetnam, Avstraliya, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Daniya vakillari kiradi. Rossiya nomidan guruhni Paster nomidagi Sankt-Peterburg epidemiologiya va mikrobiologiya instituti direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari Vladimir Dedkov ishtirok etadi.

2019 yil 31 dekabr kuni Xitoy hukumati JSSTga mamlakatning markaziy qismida Uxan shahrida nomaʼlum pnevmoniya tarqalgani haqida xabar berdi. Mutaxassislar kasallikning qoʻzgʻatuvchisini aniqladilar - bu yangi koronavirus. JSST bu kasallikni xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan favqulodda holat deb tan oldi va bu kasallikka rasmiy nom - COVID-19 berdi.

Xitoy Fan va texnologiyalar vazirligining ilmiy-texnik rivojlanish boʻlimi boshligʻi U Yuanbin koʻrshapalaklar koronavirusning asosiy manbasi degan fikr bildirgan.

Bundan tashqari, Xitoy bir guruh olimlari pangolin koronavirus ehtimoliy tarqatuvchisi boʻlishi mumkin degan tahmin ilgari surishgandi. Pangolin yangi koronavirus genom ketma-ketligi kasal odam koronavirusning genomiga 99% oʻxshash ekanligini aniqladilar. Pangolinlar - Osiyo va Afrikada keng tarqalgan zirhli sut emizuvchi hayvon va chumolixoʻr qarindoshlari hisoblanadi. Ular asosan hasharotlar bilan oziqlanadi.

 

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1348)
Teglar:
JSST, Xitoy, koʻrshapalak, koronavirus pandemiyasi

Asosiy mavzular