08:58 23 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Jamiyat
Havola olish
307 0 0

2020 yil 1 avgust holatiga koʻra, AQShda har yuz ming odamdan 639 nafari, Rossiyada 340 nafari, Turkiyada 335 nafari, Belarusda 343 nafari, Oʻzbekistonda 68 nafari jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtamoqda.

TOSHKENT, 12 yanv - Sputnik. Bugungi kunda Oʻzbekistonda 54 ta jazoni ijro etish muassasalari mavjud. Shundan 18 tasi yopiq turdagi, 25 tasi manzil koloniya va 11 tasi tergov hibsxonlaridir. Bu haqda Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi yigʻilishida maʼlum qilindi.

Ichki ishlar vazirligi taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, jazoni ijro etish tizimida 22 mingdan ortiq, shundan 7 mingdan ortigʻi manzil koloniyada, 14 mingdan ortiq mahkumlar yopiq turdagi koloniyalarda jazo muddatini oʻtamoqda.

2020 yil 1 avgust holatiga koʻra, AQShda har yuz ming odamdan 639 nafari, Rossiyada 340 nafari, Turkiyada 335 nafari, Belarusda 343 nafari, Oʻzbekistonda 68 nafari jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini oʻtamoqda.

Shuningdek, jazo muddatini oʻtayotgan mahkumlarni saqlash sharoitlarining shaffofligini taʼminlash hamda qiynoq va jismoniy tazyiq oʻtkazish bilan bogʻliq salbiy holatlarning oldini olish maqsadida tizimdagi 54 ta jazoni ijro etish muassasalari 3 280 dona zamonaviy videokuzatuv moslamalari bilan jihozlangan. Shundan, 2 203 tasi jazoni ijro etish muassasasi yashash sahniga, 432 tasi ishlab chiqarish sahniga, 645 tasi tashqi maʼmuriy hududga oʻrnatilgan.

Oʻtgan davr mobaynida Jinoyat-ijroiya kodeksiga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi ushbu sohadagi bir qator islohotlarni qonuniy mustahkamladi. Xususan, mahkumlarning huquq va erkinliklarini yanada kengaytirish maqsadida voyaga yetmaganlarning ota-onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar bilan uchrashuvlarida cheklovlar bekor qilindi.

Shuningdek, mahkum oʻz shaxsiy xavfsizligini taʼminlashni soʻrab muassasa yoki organning har qanday xodimiga ariza (xabar) bilan murojaat qilish huquqi berildi. Yopiq turdagi koloniyalarda saqlanayotgan mahkumlarning telefon soʻzlashuvi yoʻqlov va uchrashuvlar olish soni ikki baravarga koʻpaytirildi. Ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan yoki uncha ogʻir boʻlmagan jinoyati uchun jazo oʻtayotgan mahkumlarga ilk marotaba saylov huquqi berildi.

Tadbirda Murojaatnomada davlat rahbari tomonidan bu sohada galdagi vazifa sifatida 25 ta manzil-koloniyalar bosqichma-bosqich qisqartirilishi, birinchi marta ozodlikdan mahrum etilgan shaxsga berilgan jazo yengilrogʻi bilan almashtirilganda toʻgʻridan-toʻgʻri probatsiya nazoratiga olinishi hamda jazoni yengilrogʻi bilan almashtirish va shartli ozod qilish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritish vakolati jazoni ijro etish muassasalaridan yangi tashkil etiladigan insonparvarlik komissiyalariga oʻtkazilishi boʻyicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish yuzasidan fikr va mulohazarlar bildirildi.

Shuningdek, siyosiy partiyalar fraktsiyalari aʼzolari tomonidan qiynoqlarning oldini olish boʻyicha Ombudsman vakolatlarini kengaytirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar yuzasidan ham takliflar bildirildi.

Muhokamalar yakunida jazoni ijro etish tizimida insonparvarlik tamoyilini keng qoʻllash, tezkor-qidiruv, tergov va jazoni ijro etish sohasida qiynoqlarning oldini olish tizimini tubdan takomillashtirish, umuman olganda inson huquq va erkinliklarini kafolatli himoya qilish, qonun ustuvorligini taʼminlashga qaratilgan islohotlarni amalga oshirishda Qonunchilik palatasi oldida turgan vazifalar belgilab olindi.

Tadbir yakunida barcha siyosiy partiyalar fraktsiyalari aʼzolari tomonidan bildirilgan takliflar umumlashtirilib, Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tomonidan 2021 Davlat dasturiga kiritish uchun Ishchi guruhga yuborildi.

Asosiy mavzular