10:54 16 Yanvar 2021
Efir
  • RUB141.29
  • EUR12796.16
  • USD10473.20
Jamiyat
Havola olish
148 0 0

Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi park hududiga pullik kirish tartibi 31 martga qadar uzaytirildi.

TOSHKENT, 12 yanv — Sputnik. Tashkent City xalqaro ishbilarmonlik markazidagi park hududiga pullik kirish tartibi 31 martga qadar uzaytirildi, deb xabar qildi “Daryo” nashri.

Markaz direktsiyasining 11 yanvarda tegishli buyrugʻi imzolangan.

Pullik kirish tartibi park faoliyatini saqlab turish xarajatlarini hamda bogʻ infratuzilma va obʼyektlarini 2021 yilgi mavsumga tayyorlash xarajatlarini moliyalashtirish maqsadida uzaytirilgan, deb bayon etilgan buyruqda.

Kirish tariflari oʻzgarishsiz qoldirilgan.

Kirish chiptalari narxi 5 yoshgacha boʻlgan bolalarga — bepul, 5 yoshdan 12 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun — 5 ming soʻm, 12 yoshdan kattalar uchun — 10 ming soʻm, pensionerlarga — 5 ming soʻm (guvohnoma boʻlgan taqdirda), nogironligi boʻlgan shaxslarga — bepul (guvohnoma boʻlgan taqdirda), yengil avtomobilda kirish — 20 ming soʻm (yoʻlovchilarni hisobga olgan holda).

Eslatib oʻtamiz, Tashkent City bogʻiga yangi yil arafasi va yangi yil kunlarida kirish vaqtinchalik pullik etib belgilangandi. Dastlabki rejaga koʻra, pullik kirish tartibi 10 yanvarga qadar davom etishi kerak edi. 

Teglar:
pul, Tashkent City, Toshkent

Asosiy mavzular