18:51 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
247 0 0

Sutka davomida 55 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 78 091 nafarni tashkil qilmoqda.

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Sputnik Oʻzbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat toʻgʻrisida asosiy xabarlarni toʻpladi.

Bir sutka davomida 55 kishida koronavirus aniqlandi, Oʻzbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 78 091 nafarni tashkil qilmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: 5 nafari Andijon viloyatida, 2 nafari Buxoro viloyatida, 1 nafari Jizzax viloyatida, 4 nafari Namangan viloyatida, 3 nafari Samarqand viloyatida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida, 2 nafari Surxondaryo viloyatida, 3 nafari Xorazm viloyatida, 7 nafari Toshkent viloyatida, 23 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda boʻlganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sogʻayish koʻrsatkichi

Respublika boʻylab jami sogʻayganlar soni 76 585 nafarga yetdi. Sogʻayish koʻrsatkichi 98 foizga yetdi.

Ayni paytda  886 nafar bemorga belgilangan standartlar boʻyicha davo choralari koʻrilmoqda. 886 nafar bemordan 158 nafari ogʻir, 32 nafari esa oʻta ogʻir ahvolda.

Oʻlim holatlari

1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi. Oʻzbekistonda jami 620 kishi pandemiya qurboni boʻldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo boʻylab infektsiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 95,0 milliondan oshdi, 2,0 milliondan ortiq  kishi vafot etdi. Eng koʻp holatlar AQShda (23,9 mln), Hindistonda (10,6 mln), Braziliyada (8,5 mln).

Teglar:
Braziliya, Hindiston, AQSH, Toshkent, koronavirus pandemiyasi, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular