05:42 27 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
59 0 0

2022 yil yoziga kelib Toshkentda ilgʻor texnikalardan qoʻllangan holda eng qiyin jarrohlik amaliyotini oʻtkazishga imkon beruvchi zamonaviy koʻp tarmoqli tibbiyot markazi ochilishi rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 21 yanv — Sputnik. Koʻp tarmoqli tibbiyot klinikasini bunyod etish loyihasi 2017 yildan buyon amalga oshirilmoqda. Unda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” va moliyaviy va loyihaning bir qismini zimmasiga olgan Rossiyaning Ural togʻ-kon metallurgiya kompaniyasi ishtirok etmoqda.

Klinika bosh shifokori Farhod Ilhomov jamoani shakllantirish va uning tarmoqlari haqida soʻzlab berdi.

“Kadrlar bugungi kunda ishimizning eng qiyin va muhim qismidir. Suhbatlarda 68 nafar mutaxassislarni saralab oldik. Ulardan sektor, laboratoriya va boʻlimlar mudiri shakllantiriladi. Bundan tashqari, roʻyxatda oʻrta tibbiyot xodimlari uchun 50 kishi oʻrin olgan”, - dedi u Sputnik muxbiri bilan suhbatda.

Shu bilan birga Rossiya va Germaniyaning yetakchi klinikalari mutaxassislari maslahatlashish, oʻrgatish va stajirovkaga jalb qilinadi.

Bosh shikoforning soʻzlariga koʻra, boʻlajak klinikada barcha turdagi qon-tomir jarrohlik amaliyoti oʻtkaziladi. Shuningdek, umurtqaning turli kasalliklari – surunkali va tugʻma kasalliklardan jarohatgacha davolashni yoʻlga qoʻyish rejalarda bor.

Stroitelstvo glavnogo korpusa mnogofunktsionalnoy meditsinskoy kliniki v Tashkente
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov
Stroitelstvo glavnogo korpusa mnogofunktsionalnoy meditsinskoy kliniki v Tashkente

Klinika toʻlaqonli teletibbiyotdan foydalanishni ham rejalashtirmoqda. Telekoʻprik shaklida mutaxassislar Toshkentdagi jarrohlik amaliyoti vaqtida bevosita Rossiya va Germaniyaning yetakchi klinikalari bilan bogʻlanishlari mumkin. Xorijlik hamkasblar ularga maslathat va koʻrsatmalar berishlari mumkin boʻladi.

Hozirda Toshkentda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda. Davolash va laboratoriya korpuslari qad rostlamoqda. Obʼyekt 2020 yil oʻrtasiga kelib tayyor boʻlishi kutilmoqda.

Asosiy mavzular