TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Oʻzgidromet hafta oxiriga kelib ob-havo iliqlashini maʼlum qildi.
25-26 yanvar kunlari respublikaning barcha hududlarida kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Kunduz kunlari havo harorati 3-8 daraja iliqgacha koʻtariladi, kechalari esa 3-6 daraja sovuq atrofida, baʼzi joylarda 8 daraja sovuq boʻlishi mumkin.
Keyingi kunlarda respublika hududlariga Erondan iliq havo massalari kirib kelishi boshlanadi.
Barcha hududlarda asosan kam bulutli ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Harorat asta-sekin koʻtariladi va haftaning oxiriga kelib kechalari 0-3 daraja iliq, kunduz kunlari 12-15 daraja iliq boʻladi. Bu iqlim meʼyorlaridan 4-6 darajaga yuqoridir.
25-27 yanvarda respublikaning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.