09:14 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
259 0 0

Binoning qolgan qismi ham talabga javob bermasligi va odamlar sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi mumkinligi inobatga olinib, tadbirkorning oʻz hisobidan buzib tashlanmoqda.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Jizzax shahrida yanvar boshida qulagan 6 qavatli binoning qolgan qismi buzib tashlanmoqda. Bu haqda Qurilish vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

“Jizzaxda qulagan 6 qavatli binoning qolgan qismi ham talabga javob bermasligi hamda yaqin orada qulab, odamlar sogʻligʻiga xavf tugʻdirishi mumkinligi inobatga olinib, tadbirkorning oʻz hisobidan buzib tashlanmoqda”, - deyilgan vazirlik xabarida.

Bino 10 yanvar kuni qulab tushgan edi. Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi bilan bosh vazirning birinchi oʻrinbosari Ochilboy Ramatov rahbarligida hukumat komissiyasi tuzilgan.

Komissiya zimmasiga 6 qavatli uyning qulab tushish sabablari, bunga omil boʻlgan holatlar, loyiha hamda pudratchi tashkilot tomonidan uyning barpo etilishi davrida shaharsozlik norma va qoidalariga rioya etilgani, shuningdek, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha amaldagi normativ-meʼyoriy huquqiy hujjatlarni oʻrganib chiqib, taklif kiritish vazifasi yuklatilgan.

Bosh prokuratura Jizzax viloyati qurilish sohasida hududiy nazorat inspektsiyasi mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 207-moddasi (Mansabga sovuqqonlik bilan qarash) bilan jinoyat ishi ochilganini maʼlum qildi. 

Teglar:
Jizzaxda yangi qurilayotgan koʻp qavatli uyning qulashi, Jizzax

Asosiy mavzular