19:27 25 Fevral 2021
Efir
  • RUB141.09
  • EUR12773.52
  • USD10549.65
Jamiyat
Havola olish
425 0 0

Koʻmaklashuvchi otryadlar aʼzoligiga sogʻlom, fuqarolarning huquq va erkinligini hurmat qiladigan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.

TOSHKENT, 25 yanv — Sputnik. Hukumat qarori bilan Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, Chegara qoʻshinlariga koʻmaklashuvchi “Chegara posbonlari” otryadlari (koʻmaklashuvchi otryadlar) chegara zonasida, davlat chegarasiga tutash tumanlarda yashovchi fuqarolar, shuningdek, davlat chegarasi yaqinida joylashgan muassasa, korxona va tashkilotlarda ishlayotgan ishchi va xizmatchilardan tashkil etiladi.

Koʻmaklashuvchi otryadlar aʼzoligiga sogʻlom, fuqarolarning huquq va erkinligini hurmat qiladigan 18 yoshdan 60 yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston fuqarolari ixtiyoriy ravishda qabul qilinadi.

Chegaradosh aholi punktlarida amalga oshiriladigan tadbirlarda Chegara qoʻshinlari nazorati ostida qatnashish, belgilangan hududlarda kuzatuv olib borish va faoliyatining tungi vaqtlarida jamoat joylari, mahalla koʻchalari va chegaradosh hududlardagi qarovsiz joylarda tungi patrullik faoliyatida ishtirok etish koʻmaklashuvchi otryadlarning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Koʻmaklashuvchi otryad Chegara qoʻshinlari harbiy qism boʻlinmalari huzurida 1 nafar sardor va 9 nafargacha boʻlgan otryad aʼzolaridan iborat tarkibda tashkil etiladi.

Aʼzolikka qabul qilishda mehnat shartnomasi tuzilmaydi va ish staji hisoblanmaydi.

Koʻmaklashuvchi otryadga qabul qilish va roʻyxatdan chiqarish Chegara qoʻshinlari va harbiy qism komandirining buyrugʻi asosida amalga oshiriladi.

Koʻmaklashuvchi otryad aʼzolariga guvohnoma berilib, guvohnoma shakli va uni berish tartibi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.

Davlat chegarasini qoʻriqlash va himoya qilishda, zarurat tugʻilganda, koʻmaklashuvchi otryad aʼzolari oʻzlarining asosiy ish joyi ish beruvchisi roziligi asosida faoliyatidan yil davomida jami 30 ish kunidan oshmagan holda vaqtincha ozod qilinadi va bunda ularning ish staji hamda oʻrtacha oylik maoshi oʻz holicha saqlanib qolinadi.

Asosiy mavzular