15:35 02 Mart 2021
Efir
  • RUB141.85
  • EUR12661.56
  • USD10517.12
Jamiyat
Havola olish
17410

"Taxtaqoracha" dovonida murakkab ob-havo sharoitida Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus-taktik oʻquv mashqlari boʻlib oʻtdi.

TOSHKENT, 26 yanv - Sputnik. Samarqand viloyati Urgut tumanida joylashgan "Taxtaqoracha" dovonida Favqulodda vaziyatlar vazirligining oʻquv mashqlari boʻlib oʻtdi

"FVDT hududiy va funktsional quyi boʻgʻinlari xizmatlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi harakatlari" mavzusida maxsus-taktik oʻquv mashqi boʻlib oʻtdi.

Oʻquv mashqi 4 bosqichda oʻtkazildi:

  1. Dovonda qor koʻchkisi sodir boʻlganda, tegishli xizmatlarning kuch-vositalari favqulodda vaziyatni bartaraf etish uchun yigʻildi va ularning shayligi saf koʻrigi orqali koʻzdan kechirildi. Shuningdek, qor koʻchkisi sodir boʻlish xavfi mavjud boʻlgan hududlardan aholi va moddiy boyliklarini xavfsiz joylarga koʻchirish ishlari amalda koʻrib chiqildi.
    MCHS
    Ucheniya MCHS na perevale Taxtakoracha
  2. Qor koʻchkisi oqibatida transport vositalari bilan bogʻliq shartli ravishda sodir etilgan avto-avariyalar oqibatlari bartaraf etildi va qor koʻchkisi ostida qolgan fuqarolarni qidirish hamda qutqaruv ishlarini amalga oshirish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish ishlari olib borildi.
    MCHS
    Ucheniya MCHS na perevale Taxtakoracha
  3. Dovonda ikki tomonlama yoʻl harakatini tiklash, fuqarolarning hayotiy tizimini maromiga keltirish, avtomobil yoʻlini qordan tozalash, yoʻl qatnov qismining sirpanchiq va tik qiyali hududlarida qum va qum-tuz aralashmasini sepish, yoʻl belgilarini taʼmirlash ishlari olib borildi.
  4. Mashgʻulot yakunida ishtirokchilarga yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha zarur tavsiyalar berildi.

Maʼlumot uchun oʻtgan dam olish kunlari arafasida Taxtaqoracha dovonida qalin qor (20-30 sm) yoqqan edi. Shu sababli  yuqorida qayd etilgan oʻquv mashgʻulotlari asliga yaqin murakkab sharoitlarda boʻlib oʻtdi.

MCHS
Ucheniya MCHS na perevale Taxtakoracha

Asosiy mavzular